O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bo‘z tumanida ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal etilmayotgani tanqid qilindi

2018-04-05 | Jamiyat

Xalq deputatlari Bo‘z tumani Kengashi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlardan iborat guruh tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish tarmoqlari, ijtimoiy soha ahvolini o‘rganish natijalari, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. 

Andijon viloyatining Bo‘z tumanida qariyb 68 ming aholi istiqomat qiladi. Tumanda aholi farovonligini oshirish, turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, o‘rganish jarayonida bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanmaslik, ayrim sohalarga e’tibor qaratmaslik holatlari mavjudligi ayon bo‘ldi. 

Sessiyada deputat va senatorlar asosiy e’tiborni birinchi galda hal etilishi zarur bo‘lgan masalalarga qaratdi. 

– Prezidentimizning 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha tashkil etilgan sektorlar doirasida muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ayrim muhim va dolzarb masalalar “Yo‘l xaritasi”ga kiritilmagan, – deydi Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari S.Ortiqova. – Davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik, faoliyatni samarali muvofiqlashtirish tizimi ham zarur darajada yo‘lga qo‘yilmagan. 

Sessiyada tumanda tibbiyot sohasidagi muammolar, xususan, patronaj ishlarining tahlili yo‘qligi, foydalanilmayotgan obyektlarga investorlarni jalb etish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayotgani, sanoat chiqindilarini qayta ishlashda kamchiliklar mavjudligi ta’kidlandi. Shuningdek, manzilli dasturga kiritilgan loyihalarga imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, bog‘dorchilik kabi qator sohalarni rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotgani qayd etildi. Ayniqsa, madaniyat va istirohat bog‘i, markaziy stadion yo‘qligi jiddiy tanqid qilindi. 

Yig‘ilishda infratuzilma muammolari, aholini ish bilan ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini jonlantirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini kengaytirish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. 

Sessiyada belgilangan ishlarni tizimli amalga oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur vazifalar belgilandi. 

 

F.Ubaydullayev, O‘zA

Поделиться