O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Abduqodir Toshtemirov mutlaq g‘olib
2018-04-04 | Sport
Poytaxtimizda o‘tkazilgan 64 katakli shashka bo‘yicha Jahon kubogi bahslari nihoyasiga yetdi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda yurtdoshimiz Abduqodir Toshtemirov musobaqaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi. G‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan joy olganlar orasida yana ikki nafar yurtdoshimiz bor. Ular 20 yoshgacha bo‘lganlar orasida Jahongir Abdullayev va Shahzoda Tursunmurodovadir.
Musobaqa doirasida Xalqaro turnir ham bo‘lib o‘tdi. Unda 9, 11 va 14 yoshlilar g‘oliblik uchun dona surdilar. Samira Qahhorova, Umida Pirnazarova, Malika Nodirqulova, Hasan Mahmudov, Amir Shaxobov, Bobur Donaboyev o‘z guruhlarida g‘olib, deb topildi.
Muhammad Amin (surat), O‘zA