O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligida “Kitob yarmarkasi”

2018-04-04 | Madaniyat

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida”gi Qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi IIV Markaziy apparati hovlisida “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.

Bunda, mamlakatimizdagi nashriyotlardan - “Sharq ziyokori”, “O'zbekiston”, “Adolat”, “Yangi asr avlodi” hamda “Kitob olami” ma'naviy-ma'rifiy savdo majmuasi tomonidan sifatli mahsulotlar taqdim etildi. Asosiysi, xodimlar nafaqat o'zlari qiziqqan, balki oila a'zolariga ham kerakli va foydali bo'lgan kitoblarni xarid qilishdi.

Поделиться