O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Dunyoning noyob xayvonlari”
2018-04-04 | Jamiyat
“Dunyoning noyob xayvonlari” mavzusidagi ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Yer yuzida minglab xayvonot va nabodot olami uchraydi. Ularning har biri yashash joyi, oziqlanishi, yashash tarzi bilan bir-biridan tubdan farq qiladi. Shunday xayvonlar borki ularni faqat dunyoning bir chekasida uchratish mumkin, boshqa mintaqalarga xos emas. Bu xayvonlarni “Noyob dunyo xayvonlari” deb nomlash mumkin.
Filsimon toshbaqa-quruqlikda yashovchi toshbaqalar oilasining bir turi. Kosasining uzunligi 150 santimetrgacha, bo‘yi 60 santimetrgacha yetadi. Voyaga yetganlarining og‘irligi taxminan 200 kilogram atrofida erkagi urg‘ochisiga nisbatan yirik bo‘ladi. Fil toshbaqa Janubiy Amerika qit’asining Ekvador davlatiga qarashli Galapagos orollarida tarqalgan. 2dan 22gacha tuxum qo‘yadi, o‘simliklar bilan oziqlanadi. 12-14 oy suvsiz va oziqasiz yashay oladi. Fil toshbaqa mazali go‘shti, yog‘i va hayvonot bog‘lari uchun ovlanganidan kamayib ketgan.
Qirol pingvini-Atlantika okeanidagi Olovli Yer, Janubiy Sandvich, Janubiy Georgiy, Hind okeanidagi Kergelen, Xerd, Tinch okeanidagi Makkouri orollarida yashaydi, 1 ta tuxum qo‘yadi. Baliqlar, chig‘anoqlar bilan oziqlanadi.
Aguti quyoni asosan janubiy amerikada uchraydi. Kemiruvchilar oilasiga mansub. Tanasining uzunligi 60 sm og‘irligi 4 kilogramgacha yetadi. Kallasi uzunchoq, quloqlari kichkina, dumi yo‘q. Orqa oyog‘ida uchta panjasi bor. Dunyo bo‘yicha ularning 11ta turi bor. Kunduzi faol, kechqurun daraxtlarning kavagidava pana joylarga berkinib yashaydi. Urg‘ochisi 2-4tagacha bolalaydi. Ular gullar, barglar, o‘tsimon o‘simliklarning urug‘lari, mevalari va umirtqasizlar bilan oziqlanadi. Tropik o‘rmonlarda va Janubiy Amerikada uchraydi.
Oq yapaloq qush-yapaloqqushlar turkumiga kiradi. U Arktika qushidir. Shimoliy muz okeanidagi orollarda va tundrada yashaydi. Qishlash uchun ovqat va iqlim sharoitiga qarab Yevropa va Osiyoning o‘rta mintaqalariga ko‘chadi. 3-11 ta tuxum qo‘yadi. Mayda kemiruvchilar, baliqchalar, oq kuropatka, lemminglar bilan oziqlanadi.
O‘zbekiston Davlat Tabiat muzeyi zahirasida bir necha O‘zbekiston uchun noodatiy bo‘lgan hayvonlar tuxumlari saqlanib kelmoqda. Tashrif buyuruvchilar hamda yosh avlodni shu eksponatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Dunyo noyob hayvonlari” mavzusida ko‘rgazma tashkil qilindi. Bu ko‘rgazma noodatiy hayvonlar to‘g‘risida yaqindan to‘laroq ma’lumot yetkazib, keng aholi va yosh avlodning tabiatga bo‘lgan muxabbatini oshiradi hamda tasavvurini boyitadi.