O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholi tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanish tizimi bo‘yicha o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi

2018-04-04 | Jamiyat

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamkorligida aholi tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanish tizimi bo‘yicha o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘quv seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan aholi tomorqa xo‘jaliklariga mas’ul bo‘lgan barcha ishchi guruh a’zolari taklif etildi.

O‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 18 martadagi “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 205-son qaror hamda Vazirlar Mahkamasining (Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov) 2018 yil 31 martdagi 3-son bayoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar belgilab berildi.

Qaror ijrosi yuzasidan dexqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar belgilanib, tizim xodimlari uyma-uy yurib, axolining tomorqa yerlarini o‘rganish va maxsus dalolatnoma to‘ldirib uni elektron bazaga kiritish vazifalari belgilandi.

Bu borada Axborot texnologiyalar va komunikatsiyalar vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda maxsus elektron dastur ishlab chiqilganligi va ijrosini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa byudjet tashkilotlarida ishlayotgan xodimlarning shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida mevali daraxt va ekinlar ekilishi bo‘yicha kunlik monitoring ishlarini yuritish;

Moliya vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan har bir tumanda bahorgi mavsumda namunaviy loyiha va mahalliy xom-ashyo asosida ixcham issiqxonalar qurilishi bo‘yicha nazorat ishlarini tizimli olib borish hamda soliq idoralari tomonidan tashkil etilgan va etilayotgan “Tomorqa xizmat” korxonalari to‘g‘risida kunlik axborotlarni muvofiqlashtirish;

Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Statistika, moliya, g‘aznachilik, pensiya bo‘limlari, tijorat banklari xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruhlarini tuzgan holda “Ekin ekish oyligi” davomida aholi tomorqalarida ekinlar ekilishini uyma-uy yurib monitoringni yuritish

Bunda:

shahar va tumanlar hokimlarining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kam ta’minlangan oilalarga berilgan mevali va boshqa ko‘chatlar ekilganligini to‘liq o‘rganish; byudjet tashkilotlari xodimlarining kamida 20 foizini qamrab olgan holda tomorqasida ekin ekilganligini o‘rganish ishlari yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, o‘quv seminarda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri rahbarligida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Soliq, Statistika qo‘mitalari va Moliya vazirligi tarkibidan iborat Respublika ishchi guruh shtabi tashkil etilganligi va ushbu ishchi guruhlarning hududiy tarkiblari tizimli faoliyat ko‘rsatishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Поделиться