O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

35 nafar samarqandlik O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi

2018-04-04 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 6-martdagi farmoniga ko‘ra, Samarqand viloyatida yashovchi 35 nafar yurtdoshimiz O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. 

Samarqand viloyati hokimligida ushbu shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining ahil-inoq hayot kechirishi uchun zarur huquqiy asos, keng imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi. 

Prezidentimizning keyingi ikki yil davomida qabul qilgan farmonlariga ko‘ra, ko‘plab yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Jumladan, Samarqand viloyatida ham 2017-yilda 27 nafar shaxsga fuqarolik pasporti berildi. Bu yil ularning safi yana kengaydi. 

– Asli samarqandlik bo‘lsak-da, ota-onam ma’lum muddat Tojikistonda yashagani uchun men 1988-yilda o‘sha respublikada tug‘ilganman, – deydi Samarqand tumanidagi Ohalik qishlog‘ida yashovchi Manija Jabborova. – 1993-yilda yurtimizga qaytib kelganmiz. Shu yerda bilim oldim, oliy o‘quv yurtida o‘qidim. Oila qurib, ikki nafar farzandli bo‘ldim. Hozirda 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida saboq beraman. Lekin bir armonim bor edi – shu paytgacha O‘zbekiston fuqarosi emas edim. Bugun orzuim ushalib, O‘zbekiston fuqarosi pasportini qo‘limga oldim. Prezidentimizdan minnatdormiz! 
 

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA

Поделиться