O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniyada Navro‘z nishonlandi

2018-04-04 | Jamiyat

O‘zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakolatxonasi hamkorligida Berlin shahrida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi. 

Bu haqda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Germaniyadagi vakolatxonasi vakili Kamoliddin Bediyev ma’lum qildi.

“Tadbirga ushbu mamlakatda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar, mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz, Germaniya ilmiy va akademik doiralari vakillari ishtirok etdi. Navro‘z g‘oya-maqsadiga ko‘ra, birdamlik, tinchlik, yangilanish bayrami. Bayram tantanalarida Navro‘z tarovati, asriy an’analarga sodiqlik ma’no-mazmuni yana bir karra namoyon bo‘ldi”, – deydi u. 

Yurtimizdan tashrif buyurgan san’at ustalarining chiqishlari, milliy kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir asnosida she’rxonlik, milliy o‘yinlar tashkil qilindi. Dasturxonga bahoriy taomlar tortildi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirilgan vazifalardan kelib chiqib, “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdan iborat. 
 

O‘zA muxbiri Muhayyo Toshqorayeva tayyorladi.

Поделиться