O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Talabalarga soliq qonunchiligi tushuntirildi

2018-04-03 | Jamiyat

Viloyat davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Guliston davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi soliq va byudjet siyosatining 2018 yilgi asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati hamda soliq qonunchiligidagi eng so‘nggi yangiliklardan professor-o‘qituvchilar va talabalarni boxabar qilish maqsadida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Guliston shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Chorshanbiyev jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hamda fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan majburiy badal summalariga kiritilgan o‘zgarishlar, shuningdek, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning kadastr qiymatidan hisoblanishi va soliq hisoblashda kadastr qiymati 42 million so‘mdan kam bo‘lmasligi belgilanganligini qolaversa, mol-mulkning kadastr qiymati mavjud bo‘lmaganda, soliq shartli qiymatda viloyat markazlarida 210,0 million so‘m, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda 90,0 million so‘m miqdorida hisoblanishi xususidagi ma’lumotlari nafaqat o‘qituvchilar, balki talabalarning ham katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan viloyat davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Sh. Yuldoshev dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanganligini aytib o‘tish bilan birga, ekin yerlaridan maqsadli va samarali foydalangan hamda tomorqani obodonlashtirgan, chorva mollari va parrandalar bosh sonini ko‘paytirishga erishgan tomorqa yer egasiga yer solig‘i stavkasining pasaytiruvchi koeffitsiyentini qo‘llash tarzidagi soliq imtiyozi berilishi mumkinligini aytib o‘tdi.

– Agarda buning aksi ya’ni, tomorqa yer uchastkasi obodonlashtirilmaganligi, samarali foydalanilmayotganligi aniqlansa, – deydi Sh. Yuldoshev, – tomorqa yer egasiga joriy yil uchun yer solig‘i uch barobar miqdorda hisoblanadi. Qolaversa, dehqon xo‘jaliklariga nisbatan esa yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish bo‘yicha jiddiy choralar belgilanishi mumkin.

Seminarda talabalarga kontrakt puli to‘lanishidagi soliq imtiyozlari va deklaratsiya hamda uni topshirilishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga tomorqalardan unumli foydalanishni tashkil etish bo‘yicha bukletlar tarqatildi.

 

Ilg‘or XALILOV,

viloyat davlat soliq

boshqarmasi bosh mutaxassisi

Поделиться