O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yosh badmintonchilar saralandi
2018-04-03 | Sport
Buxoro shahrida badminton bo‘yicha 2002-2004 yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Chempionatning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan sirdariyolik Azamat Sultonov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Juftlik bahslarida farg‘onlik Abdurashid va Abdulvoris Mo‘minovlarga teng keladigan topilmadi.
Qizlar o‘rtasida andijonlik Gulassar Boqiyeva mamlakat chempioniga aylangan bo‘lsa, juftlik bahslarida Gulassar Boqiyeva hamda Dilnoza Abdumannopova (Andijon) birinchi pog‘onadan joy oldi.
Aralash juftlik uchrashuvlarida Odam Dilmurodov va Gulassar Boqiyeva (Andijon) oltin medalni qo‘lga kiritdi. Jamoaviy bahslarda Buxoro jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA