O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muslim Traveler: Sumalak, zamonaviy o‘tovlar va Sarmishsoy petrogliflari

2018-04-03 | Turizm

Indoneziyaning "Net TV" telekanali ijodkorlari yurtimiz boʻylab safari davomida Navoiy viloyatining Sarmishsoy darasiga qadimiy pitrogliflarni tomosha qilish va "Sarmishsoy" dam olish maskanidagi zamonaviy o'tovlar bilan yaqindan tanishish uchun tashrif buyurishdi.

Ajdodlarimizning nihoyatda usta rassom va zukko boʻlganliklaridan dalolat beruvchi qoyatosh suratlari ijodkorlarda katta qiziqish uygʻotdi. Rasmlarning aksariyati soyning oʻrta qismida joylashgan zich toshli, 22,5 kilometr masofadagi qoyatoshlarga oʻyib ishlangan. Bunday ajoyib manzarani kuzatgan sayyohlar oʻz hayratlarini yashira olishmadi.

"Ochiq osmon ostidagi muzey" deb nomlanuvchi majmua durdonalari haqida eshitgandim, ammo buni oʻz koʻzlarim bilan koʻrganimga hech ishonolmayman. 7-9 ming yillik bu qoyatoshlar saqlanib qolganini koʻrib ochigʻi hayratlandim deydi Shaza Belladona. Bundan tashqari "Sarmishsoy" dam olish maskanida mehmonlar milliy qadriyatlarimizni namoyon etuvchi oʻtovlarda maroqli hordiq chiqazishdi. Oʻtovning ichki qismi milliy matolarimiz bilan bezatilgan. Bu singari joylar sayyohlarda haqiqiy oʻzbekona hayotni his qilib yashash uchun xizmat qilsa, ajab emas. Togʻ yonbagʻirlarida joylashgan bu maskanda maroqli hordiq chiqazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, mehmonlar Navroʻz taomi boʻlgan sumalakning tayyorlanish jarayoninini kuzatish bilan bir qatorda, somsa tugishga va uni tandirga yopishga ham urunib koʻrishdi. Milliy taomimiz boʻlgan osh esa, ijodkorlarga manzur boʻlganini ham alohida ta'kidlab oʻtishdi. 

Muslim Travelerning yurtimiz boʻylab sayohati hamda tasvirga olish jarayonlari haqida "Dunyo boʻylab" telekanali ijodkorlari tomonidan maxsus dastur ham tayyorlanmoqda.

Поделиться