O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

2018-04-03 | Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining tizimga endi ishga qabul qilingan yosh xodimlar bilan uchrashulari davom etmoqda. Kuni kecha ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan 7 nafar yosh bojxonachilar va ularning ota-onalari ishtirok qildi.

Endigina bojxonachi xizmat kiyim-boshini kiygan yigit-qizlarning tabiiyki quvonchi cheksiz. Ayniqsa, ulkan orzu-umidlar bilan farzandlarini voyaga yetkazgan ota-onalarning chehrasida ham mamnunlikni ko‘rish mumkin.

Ana shu quvonch va mamnunlikning bardavom bo‘lishi esa xodimlardan burchiga sadoqat va kasbiga nisbatan ma’suliyatni talab etsa, ularning ota-onalari va oila a’zolaridan ogohlik, farzandiga nisbatan doimiy e’tiborni taqozo etadi.

Samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuvda asosiy e’tibor ayni shu jihatlarga qaratildi. Zero, bugungi kunda davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining ijtimoiy muhofazasi, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida barcha shart-sharoitlar yo‘lga qo‘yilgan-ki, ularga javoban bojxonachilar xizmatni halol va vijdonan olib borishsa, bas.

Tadbir davomida sohaning o‘ziga xos xususiyatlari, uning yaqin o‘tmishi va kelgusidagi istiqboli haqida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berildi. “Bojxona tarixi” muzeyi bo‘ylab tashkil qilingan ekskursiya esa yosh xodimlarning bu boradagi tasavvurlarini yanada boyitdi.

Поделиться