O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shohjahon Ergashev WBA reytingining to‘qqizinchi pog‘onasiga chiqib oldi

2018-04-03 | Sport

Jahon boks uyushmasi - WBA bugun yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) kuchli o‘nlikka kirdi va dunyoning to‘qqizinchi raqamli bokschisiga aylandi.

– Bu ko‘tarilish faqat men uchun emas balki butun o‘zbek xalqining ko‘tarilishidir. Men kutayotgan chempionlik kamariga ega chiqishimga bor yo‘g‘i sakkiz pog‘ona qoldi va men asta-sekinlik bilan ushbu pog‘onalarni bosib o‘tishimga ishonaman, – deydi Shohjahon Ergashev.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev Bruklindagi “Barclays Center” sport majmuasida 28 aprel kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться