O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent Janubiy vokzali 4-apreldan ish boshlaydi

2018-04-03 | Jamiyat

Toshkent Janubiy vokzali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq zamonaviy arxitektura talablari asosida tubdan rekostruksiya qilindi. Vokzalning umumiy maydoni 9,2 gektar bo‘lib, 650 metrlik 3 ta perronga ega. 

Vokzal hududida diametri 14 metrlik ikkita zamonaviy favvora qurilgan. Bu yoz kunlari hududdagi iqlim musaffoligini ta’minlab, yo‘lovchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi.

Vokzal bir vaqtning o‘zida 500 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lib, bir kecha kunduzda 20 000 nafar yo‘lovchilar 19 poyezdlarda kutib olinadi va kuzatiladi. 

Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida vokzal hududi zamonaviy devor bilan o‘ralgan. Vokzal binosi, kassa zali va vokzal hududi 170 ta videokuzatuv kameralari bilan ta’minlangan.

Yo‘lovchilarning yo‘l hujjati, pasporti, bagaji va qo‘l yuklari vokzal hududiga kirish joyining o‘zida tekshiriladi. Vokzal binosida yo‘lovchilar uchun jahon standartlariga mos sharoitlar yaratilgan.
 
Binoda kutish, VIPzallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, mehmonxona, dam olish xonalari, bufet, ko‘chma savdo nuqtalari, gazeta va jurnallar, WiFi internet xizmati, elektron kutubxona, planshet xizmati, shirinliklar va milliy sovg‘alar sotish shahobchasi, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish manbai, elektron ma’lumotlar markazi va tablosi, sayyohlar zali va zamonaviy lift mavjud.
 
Kutish zali ko‘rgazma va televizion axborot vositalari bilan jihozlangan. 

Yo‘lovchilarga bir sutkada 100 nafarga yaqin ishchi xizmatchi xizmat ko‘rsatadi. 

Kutish zali havo harorati me’yorini ta’minlovchi sovutgichlarga ega. Chiptalar vokzal hududida joylashgan bo‘lib, bir kecha kunduzda 5000 ta chipta sotiladi, shu jumladan elektron chiptalar ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 

Toshkent Janubiy vokzalidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha poyezdlar jo‘natiladi va kutib olinadi: 

Toshkent – Urganch 

Toshkent – Buxoro 

Toshkent – Andijon 

Toshkent – Qo‘ng‘irod 

Toshkent – Termiz 

Toshkent – Sariosiyo 

Andijon – Buxoro 

Andijon – Urganch 

Andijon – Termiz 

Toshkent – Buxoro (Sharq) 

Toshkent – Termiz (Nasaf) 

Toshkent – Andijon (O‘zbekiston) 

Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar: 

Toshkent – Xodjikent 

Toshkent – Xovos 

Toshkent – Bekobod 

Toshkent – Sirdaryo 

Toshkent – Guliston 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qilishlaricha, Toshkent janubiy vokzali o‘z ishini joriy yilning 4-aprelidan boshlaydi. 
 

 

Abu Bakr O‘rozov, O‘zA 

Поделиться