O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
50 dan ortiq «kirakash» javobgarlikka tortildi
2018-04-02 | Jamiyat
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qarorlarida O’zbekiston avtomobil transporti agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan.
Mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Agentlik va uning boshqarmalari tomonidan yo‘llarda reyd tadbirlari o‘tkazilib, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1461- (tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonunda belgilangan majburiyatini bajarmasligi), 165- (faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish), 1763- (avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), 1764- (taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga, yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yo‘lga chiqarmaslikka doir talablarni buzish) hamda 198-moddalari (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.
Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi inspektorlari tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida o‘tkazilgan reydlarda avtotransportda yuk va yo‘lovchi tashish qoidalari buzilgan 562 holat qayd etilib, rasmiylashtirilgan dalolatnomalar sud organlariga taqdim etilgan edi.
Qoidabuzarlar ustidan sayyor sud viloyat boshqarmasi binosida bo‘lib o‘tdi. Sud majlisida 40 nafar qoidabuzarning ish ko‘rib chiqilib, shundan 38 nafar haydovchiga MJtKning 1763-moddasiga ko‘ra jarima tayinlandi.
Agentlikning Sirdaryo viloyat boshqarmasida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida esa 16 ta ish ko‘rib chiqildi: 13 nafar haydovchiga EKIHning 3-5 baravari miqdorida jarimaga tortildi, yana 3 nafari esa, litsenziyalangan tashuvchi korxonaga a’zoligi hisobga olinib, ogohlantildi – bir oy muddatda faoliyatini qonunlashtirmagan taqdirda ularga ham jarima jazosi qo‘llaniladi.