O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2017 yil mavsumida O’zbekiston paxta tolasining asosiy sifat ko’rsatkichlarining o’zgarish dinamikasi haqida analitik ma’lumot
2018-04-02 | Iqtisodiyot
O’zbekistonning paxta yetishtirish va eksport qilish hajmlari jahon paxta bozoriga axamiyatli ta’sir ko’rsatmoqda.
Mustaqillik yillarida jahon bozorida o’zbek paxtasining mavqeini saqlab qolish va yanada mustahkamlash uchun Respublikada murakkab masalalarni hal qilishga to’g’ri keldi. Respublika hukumatining say-harakati paxtaning yangi selektsiya navlarini yaratishdan boshlab zamonaviy bozor mexanizmlariga muvofiq tola sotishning samarali siyosatigacha bo’lgan butun paxta tarmog’ini isloh qilish va takomillashtirishga qaratilgan edi.
O'zbekistonda iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri paxta va uni qayta ishlash tarmoqlari hisoblanadi. Natijada, sohada tubdan modernizatsiya qilinmoqda va texnik qayta jihozlash ishlari, shu jumladan, keng ko'lamli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilmoqda. Paxta o'stirishga va uni qayta ishlashga, paxta xom ashyosidan xalqaro standartlarga javob beradigan tola ishlab chiqarishga yondashuv o'zgardi. Ushbu sohada, biz, misli ko'rilmagan konvertatsiya ishlari amalga oshirildi. Xalqaro bozorda oshkoralik mexanizmi, dunyo bo'ylab tan olingan yuqori sifatli O'zbek paxta tolasini eksportni amalga oshirishda muhim vazifa hisoblanadi.
NAV VA SINFLAR ULUSHI TAQSIMOTI
1-rasm
Bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar katta ahamiyatga ega. Paxta mavjud infratuzilmasini takomillashtirish, yangi mahalliy paxta navlarini sifatini oshirish, paxta xom ashyosini qayta ishlash, paxta mahsulotlarini sertifikatlash, saqlash va doimiy yetkazib berishga qaratilgan. Bu esa - sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi.
HVI tizimlarining qo’llanilishi, o’zbek paxtasini dunyo bozorida raqobatbardoshliligini oshiribgina qolmay, respublikamizdagi to’qimachilik sanoati iste’molchilari uchun eng yaxshi hususiyatlariga ega bo’lgan seleksion navlar assortimentini shakllantirishga imkon berdi.
O'zbekistonda 2001 yildan boshlab, xo'jalik texnikalari yangilanib, yangi seleksiya navlari joriy etilib, barcha “SIFAT” laboratoriyalarida paxta tolasini 100% lik toyma-toy tekshirilishi boshlagandan so’ng, 4 tip ulushi oshgani kuzatildi, 01.04.2018 yil holatida esa 83.48% tashkil etmoqda.
TIPLAR ULUSHI TAQSIMOTI
2-rasm
Paxta tolasining solishtirma uzulish kuchi esa Respublikamizning barcha hududlarida yuqori darajada qolmoqda. Oldingi yil mavsumiga nisbatan paxta tolasining solishtirma uzulish kuchi ortdi. Paxta tolasining solishtirma uzulish kuchi 01.04.2018 yil holatiga 80.52% tolasi 29gs/tex dan yuqoridir, 3-rasmda berilgan.
PAXTA TOLASINING SOLISHTIRMA UZULISH KUCHI
3-rasm
PAXTA TOLASINING MIKRONEYR KO’RSATKICHI GISTOGRAMMASI
4-rasm
4-rasmda, 01.04.2018 yil holatiga paxta tolasining mikroneyr ko’rsatkichlari diagrammasi taqdim etilgan. Paxta tolasining mikroneyr ko’rsatkichi Respublikamizda 96.88% 3.5-4.9 oralig'ida saqlanib kelmoqda.
PAХTA TOLASINING UZUNLIK BO‘YICHA BIRХILLIK INDEKSI GISTOGRAMMASI
5-rasm
5-rasmda, Paхta tolasining uzunlik bo‘yicha birхillik indeksi 01.04.2018 yil holatiga ko’ra Respublika miqyosida o'rtacha 82-84% oraliq diapazoni eng kup uchraydi. O'tgan mavsumga nisbatan tola birhillik indeksi Buxoro viloyatida yaxshilandi.