O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi

2018-04-02 | Jamiyat

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, general-mayor M.Azimov va boshqalar mamlakatimizda bojxona tizimi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tajribali va bilimli kadrlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Binoni barpo etishda “Ulug‘bek Yangiyer qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 10 milliard 168 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. 

– Boshqarmamizdagi 20 dan ziyod bo‘limda 137 nafar xodim faoliyat yuritadi, – deydi Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sh.Xayrullayev. – Innovatsion loyiha asosida bojxona xizmati uchun maxsus qurilgan 3 qavatli binoda zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Kabinetlar to‘liq komputerlashtirilib, qattiq va yumshoq mebellar hamda boshqa orgtexnika vositalari bilan jihozlandi. Laboratoriya, majlislar zali, ma’naviyat, dam olish xonalari, 90 o‘rinli oshxona, trenajyor zali, kutubxona xodimlar ixtiyorida. 

Bundan tashqari, inshoot ichida va tashqarisida 18 kuzatuv-nazorat kamerasi o‘rnatilgan. Elektr energiyasi bilan ishlaydigan zamonaviy va tejamkor “Chiller” apparati xonalarni muntazam ravishda isitish va sovutishga mo‘ljallangan. 

Boshqarma hovlisiga 100 tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt, gul ko‘chatlari o‘tqazilgan. Sun’iy qoplamali futbol maydoni, avtoturargoh barpo etilgan. 

San’atkorlar ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlar tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. 

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi. 
 

Abdujalol Qayumov, O‘zA

Поделиться