O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bojxona xodimlarining hushyorligini sinovdan o‘tkazish maqsadida 16 marotaba xufiyona tekshiruv o‘tkazilgan

2018-04-02 | Jamiyat

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi va “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan 2018-yilning o‘tgan davrida 40 ga yaqin profilaktik ma’ruza, uchrashuv, individual tartibda profilaktik tarbiyaviy ishlar va suhbatlar o‘tkazilgan. Bunga bojxona xodimlarining ota-onalari va oila a’zolarini ham jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Shuningdek, xodimlarning xizmat davomida zimmasiga yuklangan vazifalarni qay darajada ado etayotgani, hushyorligi va ogohligini sinovdan o‘tkazish maqsadida 16 marotaba xufiyona tekshiruv o‘tkazilgan. 

Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasida Davlat bojxona qo‘mitasi hamda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ma’lumot berildi. 

Davlat bojxona qo‘mitasida 120-76-33, Toshkent shahar bojxona boshqarmasida 120-76-71 va “Toshkent-Aero” IBKda 120-86-30 raqamli uzluksiz faoliyat yurituvchi "ishonch telefon"lari joriy qilingan bo‘lib, ular orqali fuqarolar bojxona qonunchiligi buzilishiga doir holatlar yoki bojxona xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan xabar berishlari mumkin. 

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться