O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazirning Xorazm viloyatidagi folklor jamoalari bilan uchrashuvi
2018-04-02 | Madaniyat
O‘zbekiston Respublikasi Pё rezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 31 maydagi PQ-3022-son qarori, hamda 2017 yil 3 avgust kuni O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan o‘tkazilgan videoselektorda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi bo‘yicha Xorazm viloyatida fol’klor san’atini yanada rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev 2018 yil 28-29 mart kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib, viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullayev 28 mart kuni Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasida viloyat Madaniyat boshqarmasining 2017 yil 4 noyabrdagi “Folklor san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 112-sonli buyrug‘iga asosan 2017-2018 yillarda viloyat fol’klor-etnografik jamoalari tomonidan o‘tkazilayotgan hisobot konsertlari, jamoalarning o‘zbek milliy san’ati durdonasi hisoblanayotgan fol’klor san’atini aks ettirgan chiqishlarini kuzatib, viloyatdagi barcha ansambllar, jumladan, Urganch shahar “Xorazm” fol’klor-etnografik xalq ansambli, Qo‘shko‘pir tumani “Yulduz” ashula va raqs xalq ansambli, Xiva shahar “Sayqal” fol’klor-etnografik xalq ansambli va boshqa fol’klor jamoalarining chiqishlari to‘g‘risida ijobiy fikrlarni bildirib o‘tdi.
Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vaziri B.Sayfullayev Bog‘ot tumani 14-son bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurib, maktab binosi va u yerdagi ish jarayoni bilan umumiy tanishdi va tumandagi “Amu sohili” ashula va raqs xalq ansamblining fol’klor san’atiga xos bo‘lgan chiqishlarini guvohi bo‘ldi.