O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bolajonlar uchun muassasalar foydalanishga topshirilmoqda
2018-04-02 | Jamiyat
Nurobodda tuman markazidan 55 chaqirim olis masofada joylashgan Tim qishlog‘idagi Bunyodkor mahallasida 50 o‘rinli 7-son maktabgacha ta’lim muassasasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Tumanda davlat xususiy sheriklik, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish bo‘yicha besh nafar tadbirkorga MTM qurish uchun yer maydoni ajratilgan. Bugungi kunda tadbirkorlar tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, to‘rtta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi va viloyat hokimligining tashabbusi bilan Jom mahallasida 60 o‘rinli MTM qurilishi olib borilmoqda.
Rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilgandan so‘ng tumanda 140 ta ish o‘rni yaratiladi, bog‘cha yoshidagi bolalar qamrovi 852 nafardan 1462 nafarga oshadi.