O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda kulgu, milliy va sharq taomlari kuni

2018-04-02 | Jamiyat

So‘ngi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Buning samarasi o‘laroq birgina Buxoro viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlar salmog‘i o‘tgan 2017 yilda 40 foizga o‘sganini alohida e’tirof etish o‘rinli.

Bu borada joriy yilda ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa mamlakatimiz rahbarining 2017 yil 19 maydagi 2017-2019 yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahrining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bu borada ezgu ishlarda dasturulamal bo‘lmoqda.

Mazkur qaror asosida Buxoroning turizm salohiyatini oshirish maqsadida yil davomida 10 ta yirik tadbir o‘tkazish rejlashtirilgan. Mana shunday tadbirlardan biri birinchi marta o‘tkazilgan “Xo‘ja Nasriddin” va “Sharq taomlari” festevali bugun Buxoro shahida o‘zgacha ruhda o‘tdi.

Mazkur tadbir qadimiy “Ark” qo‘rg‘onidan boshlandi. Festeval qatnashchilarining tantanali yurishi “Ark” qo‘rg‘onidan “Labi Hovuz” majmuasigacha davom etdi. Shundan so‘ng dor o‘yinlari, masxarabozlik (Oshiq daroz va Ma’shuq tannoz timsollarida, fonusxayol xalq tomoshalari uslubida) tomoshalari, milliy o‘yinlar namoyishi, folklor ansambllarining joylardagi chiqishlari, amaliy va badiiy san’at ko‘rgazma-yarmarkasi, hajviy rasmlar ko‘rik-tanlovi, Sharq taomlari va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmalari, Nasriddin Afandi to‘g‘risida, hamda boshqa milliy va hajviy filmlar namoyishi shuningdek xalqimiz suygan taniqli hajvchi shoir-yozuvchilar, kulgi ustalari chiqishlari, ular ishtirokida hajviy kitoblar taqdimoti, davra suhbatlari va konsert dasturlari mahalliy aholi vakillari va shahrimiz mehmonlarida katta taassurotlar qoldirdi.

Mazkur tadbirda 9ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ularga tashkilotchilarning diplom va estalik sovg‘alaritopshirildi.

Buxoroda bunday tadbirlar davom etadi.

Поделиться