O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eksport – iqtisodiy barqarorlikning asosiy manbaidir

2018-04-02 | Iqtisodiyot

Xorazm viloyati Shovot tumanida joylashgan MCHJ “UZTEX-SHOVOT” qo‘shma korxonasida viloyat bojxona boshqarmasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashi hamda tuman hokimligi tomonidan “Mamlakatimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanish va eksportni yanada oshirish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Shovot tumanida faoliyat olib borayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari, eksportyor tashkilotlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda soha mutaxassislari tomonidan Xorazm viloyati, xususan Shovot tumanida eksportbop mahsulotlar (issiqxonada meva-sabzavotlar va xorij tajribasi asosida achchiq qalampir) yetishtirish hamda uni eksportga jo‘natish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida boshqarmaning Valyuta nazorati guruhi katta inspektori R.Bekchanov mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilayotganligi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport qilish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilayotgani, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3351-son, 2017 yil 6 noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3377-son va 2018 yil 6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3512-son qarorlari hamda 2017 yil 5 dekabrdagi “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5276-son hamda 2018 yil 16 yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5303-son Farmonlari bilan bojxona chegarasi orqali tovarlar va valyuta boyliklarini olib o‘tish, tovarlarni eksportga rasmiylashtirishda kiritilgan qulaylik va imkoniyatlar to‘liq yetkazildi.

Shundan so‘ng viloyat bojxona boshqarmasining o‘z xavfsizligi guruhi xodimi A.Ro‘zmetov so‘z olib, tadbirkorlarga bojxona sohasida o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar, o‘ylantirayotgan muammolar yoxud bojxona qonunchiligi buzilishi hamda bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari, xususan bojxona xodimlari tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganda yoki tamagirlik holatlari yuzasidan DBQning (0371) 120-76-33

va Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining (0362) 224-59-20 raqamli ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zaro qizg‘in savol-javoblar va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan seminarda tadbirkorlar tovarlar eksporti bo‘yicha savollarni erkin bayon qilib, ular bo‘yicha tegishli javoblar olishdi.

 

Jasurbek Boltayev

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati

Поделиться