O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xayriya tadbiri o‘tkazildi
2018-04-02 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi “UTID” tomonidan poytaxtimizdagi “Wyndham” mehmonxonasida chet davlatlar elchilari, xorijiy tadbirkorlar va diplomatik korpus vakillari uchun bahor, yasharish va yangilanish ramzi, milliy bayramimiz bo‘lmish Navro‘z ayyomi munosabati bilan bayram dasturxoni tashkil qilindi.
Xususan, tadbirda Afg‘oniston, Pokiston, Vengriya, Indoneziya, Gruziya, Bangladesh kabi davlatlarning elchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Axmat Bashar Shen so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida fikrlar bildirdi.
Ushbu tadbirdan so‘ng hamkorlar tomonidan Toshkent shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-tekshirish instituti hamda Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan bemor bolalar uchun bayram sovg‘alari ulashildi.