O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tog‘li hududlar aerovizual o‘rganildi
2018-04-02 | Jamiyat
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zgidromet, Davlat geologiya qo‘mitasining xavfli geologik jarayonlarni kuzatish markazi, «Uzbekenergo» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda Suv xo‘jalik vazirligi mutaxasisslaridan iborat guruh tomonidan Pskem va Oygaing daryolarining xavzasi aerovizual o‘rganildi.
Aerovizual kuzatuv ishlari Pskem i Oygaing xavzalarining baland tog‘laridagi qor zaxiralarining qalinligi, qor ko‘chishi, yer ko‘chkisi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan maydonlarni o‘rganish hamda daryolarning Chorvoq suv omborigacha bo‘lgan hududlarining suv xajmini baholash maqsadida olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi tog‘li va tog‘oldi mintaqalarini aerovizual kuzatuvlar o‘tkazish favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli gidrometeorologik va geologik jarayonlar dinamikasini o‘rganish imkoniyatini beradi, o‘rganish natijalari asosida ogohlantirish va oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Ushbu xavfli hodisalar yuzaga kelish ehtimoli yuqori bo‘lsa, qor ko‘chkisi, sel, er ko‘chkisi to‘g‘risida tegishli tashkilotlarga xabar qilinadi.
Parvozning birinchi kuni yakunlandi, navbatda Sangardak, To‘palang va Oxangaron daryolarining o‘zanlarini o‘rganish rejalashtirilmoqda.