O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tunisga jo‘nab ketdi
2018-04-02 | Sport
Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tunisning Xammamet shahrida o‘tkaziladigan Jahon chempionati va Argentinada o‘tkaziladigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasida ishtirok etish uchun erta tongda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Tunisga jo‘nab ketdi.
6-13 aprelga qadar o‘tkaziladigan ushbu musobaqalarda sportchilarimiz quyidagi tarkibda qatnashadilar.
Amir To‘rayev, Begzod Ibrohimov, Ulug‘bek Rashidov, Shahzod Jo‘rayev, Danil Marozov, Jasur Jaysunov, Diyor To‘hliboyev, Abdulaziz Xamidullayev, Intizor Abdualimova, Madinabonu Mannopova, Aziza Shamsiyeva, Ozoda Sobirjonova, Durdona Abdulxayeva, Feruza Sodiqova.
III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasida Ulug‘bek Rashidov, Jasur Jaysunov, Abdulaziz Xamidullayev, Madinabonu Mannopova, Ozoda Sobirjonova, Feruza Sodiqova kabi umidli sportchilarimiz o‘z omadlarini sinab ko‘radilar.
Eslatib o‘tamiz, III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasida kuchli sakkiztalikka kirgan sportchilar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oladi.
Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasigi Sobir Nazaraliyev va Jasur Boyqo‘ziyev murabbiylik qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA