O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoylik tadbirkorlar Toshkent viloyatida agrosanoat korxonalarini tashkil etmoqchi
2018-04-02 | Iqtisodiyot
Xitoylik tadbirkorlar Toshkent viloyatida meva va sabzavot yetishtirish, ularni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha yuqori texnologiyali agrosanoat korxonalarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Viloyat hokimligida shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda turli davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tadbikorlar hamda fermerlar ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimining iqtisodiyot va investitsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.Qosimov mehmonlarga xorijiy investorlarga yaratilgan qulay muhit, berilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Xitoylik investorlar tomonidan “King road animal” ochiq aksiadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Quyi Chirchiq tumanida zamonaviy, yuqori texnologiyali agrosanoat korxonalarini barpo etish bo‘yicha turli loyihalar namoyish etildi. Unga ko‘ra, zamonaviy quyosh panelli issiqxonalar ham qurilib, qulupnay, pomidor, bodring va boshqa meva va sabzavotlarni yetishtirish, bu orqali hududdagi aholi bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.
Xorijlik mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilgan takliflar viloyat hokimligi mutasaddilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ayni paytda ushbu masalalar yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.
Abdulaziz MUSAYEV,
O‘zA