O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT Bosh kotibining Maxsus vakili bilan uchrashuv

2018-03-31 | Siyosat

2018-yilning 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan BMT Bosh kotibi Maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Natalya Germanni qabul qildi.

Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada BMT delegatsiyasi tarkibida ishtirok etgan Natalya German O‘zbekiston rahbariyatini mintaqamiz uchun muhim bo‘lgan Toshkent forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi munosabati bilan tabrikladi. Natalya German qayd etganidek, konferensiya deklaratsiyasining yakdillik bilan qabul qilinishi – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston muammosini hal qilish bo‘yicha uzoq istiqbolni ko‘zlagan tashabbuslarini qo‘llab quvvatlanishidir.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston va MOPDMM o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston TIV rahbari Markaziy Osiyodagi transchegaraviy suv muammosini hal qilish bo‘yicha BMTning va shaxsan Bosh kotibning sa’y-harakatlari, jumladan Amudaryo va Sirdaryo basseynidagi suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi MOPDMM tomonidan ishlab chiqilgan konvensiyalar loyihalarini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuvda mintaqa kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Поделиться