O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston avtomobillariga katta qiziqish bildirilmoqda
2018-03-30 | Iqtisodiyot
Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan “Made in Uzbekistan” Milliy sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan “Ravon” rusumli “Spark”, “Gentra” hamda “Chevrolet Malibu” yengil avtomobillari namoyish etilmoqda. Bundan tashqari “O‘zAvtoSanoat” kompaniyasi turkmanistonlik hamkorlarga zamonaviy jihoz va asbob-uskunalar bilan ta’minlangan yuk avtomobillari, sut tashuvchi va tez yordam mashinalarini ham taqdim etmoqda.
“Alimkhan Exim Group” kompaniyasi O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining turli mahsulotlarini bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashuvchi yirik xususiy tashqi savdo kompaniyasidir. Kompaniya stendidan devor va pol qoplamalari uchun shishali mozaika, ko‘p kamerali plastik profillar, “Woodwin” brendi texnologik listlari, suv o‘tkazmaydigan mebel listlari, ekologik talablarga javob beradigan polimer bo‘yoqlari joy olgan.
“Mexmash”, “Bektemir metall konstruksiyalari”, “Al Star”, “Plast Co”, “Mastec”, “Eco Climat” korxonalari tomonidan esa keng turdagi kabel va quvurlar, issiqxonalar uchun po‘lat sim va metall konstruksiyalar, kompozit plitalar, havo almashtirish tizimlari isitgichlari kabi mahsulotlarni namoyish etmoqda.