O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oilaviy tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirish
2018-03-30 | Jamiyat
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda, oilaning boshqa a’zolari esa eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badallarini to‘laydi.
Oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish ko‘radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosigina qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchisi bo‘lib, oilaning boshqa a’zolariga hisoblangan sug‘urta badallarini to‘lash majburiyati uning zimmasiga yuklatilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 iYuldagi 216-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan, oilaviy tadbirkorlik sub’ekti qonunchilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun shug‘ullanishga ruxsat etilgan faoliyat turlarini amalga oshirishi mukin hamda tadbirkorlik faoliyati oilaviy tadbirkorlik sub’ekti tomonidan bir nechta ob’ektlarda alohida amalga oshirilgan taqdirda, har bir alohida ob’ekt uchun qat’iy belgilangan soliq hisoblanadi.
Shu bilan birga, ushbu Nizomga asosan er-xotin, ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar hamda 15 yoshdan oshgan, shu jumladan, farzandlikka olingan bolalar oila a’zolari hisoblanadi.