O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

1-apreldan meva-sabzavot mahsulotiga qo‘shimcha qiymat solig‘i solinmaydi

2018-03-30 | Jamiyat

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida qayd etilgan. 

Endi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kafolatlangan shartnomalar asosida "urug‘-ko‘chat-mahsulot yetishtirish-tayyorlash-saqlash-qayta ishlash-transportirovka qilish-bozorga yetkazish" tamoyili bo‘yicha uzluksiz zanjirni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi klaster usuli keng joriy etiladi. 
 
Joriy yilda har bir hududda 1-2 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etiladi. 2019 yildan boshlab meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlarda klaster shakli yo‘lga qo‘yiladi. 
 
Ularga ichki hamda tashqi bozordagi ehtiyoj va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, ularning navi va turini belgilash, fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan ular tomonidan tayyorlanayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish yuzasidan shartnomalar tuzish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish huquqi beriladi. 
 
2018-yilning 1- aprelidan bitta meva-sabzavot klasteri ichida sotiladigan mahsulotga qo‘shimcha qiymat solig‘i solinmaydi va davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar undirilmaydi. 

Поделиться