O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligida uchrashuv

2018-03-30 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Yan Syanpin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Adliya vazirligining Xalqaro huquqiy boshqarmasi boshlig‘i J.Nuriddinov bilan bo‘lgan uchrashuvda mamlakatimizda adliya, notarial sohalarda olib borilayotgan islohotlar, bu borada xorijiy tajribaning ahamiyati xususida so‘z yuritildi. 

Uchrashuv doirasida 2018-2020 yillarda Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirliklari o‘rtasida yuridik xizmatlar sohasidagi hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning amaliy harakatlar rejasida ko‘zda tutilgan tadbirlarini amalga oshirish mexanizmi batafsil muhokama qilindi. 

Amaliy harakatlar rejasi doirasida tomonlarning jismoniy va yuridik shaxslariga yuridik xizmatlar ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, xalqaro arbitraj va investitsion huquqlari sohasida o‘rganishlar o‘tkazish haqida fikr almashildi. O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasining qonunchilik bazasi to‘g‘risida tomonlarning xabardorligini oshirish maqsadida qo‘shma forum va seminarlar tashkil etish, sohada hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan kompleks tadbirlarni o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. 

Shuningdek, uchrashuvda fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari amaliyotida vujudga kelayotgan muammolar muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada mustahkamlash va huquqiy masalalarni tezkor ravishda ko‘rib chiqish uchun o‘zaro ma’lumotlar almashildi. 

 

G.Sattorova, O‘zA 

Поделиться