O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Militsiya bilan mahalla birga ishlasa, jinoyat bo‘lmaydi

2018-03-30 | Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi 2-ichki ishlar bo‘linmasini borib ko‘rdi.

Zamonaviy bo‘linma binosida militsiya xodimlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Shahardagi hamma uchastka nozirlari uy-joy, yengil avtomashina bilan ta’minlangan. Bunday e’tibor xodimlarning dunyoqarashini o‘zgartirib, burchiga sadoqatini mustahkamlamoqda.

Huquq-tartibot idoralari odamlarning osoyishtaligini, jinoyat bo‘lmasligini kafolatlashi kerak. Buning uchun yurish, har bir holatdan xabardor bo‘lish zarur. Militsiya mahalla bilan birga ishlasa, jinoyatchilik bo‘lmaydi, dedi Prezidentimiz.

Shahar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion tizimlar, militsiya xodimlari o‘rtasidagi mobil aloqa dasturi bilan tanishdi.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, yo‘l-transport tizimini tartibga solish, bu borada Jizzaxda ham Toshkent shahri tajribasini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Profilaktika inspektorlarini axborot texnologiyalariga o‘qitish, bu bo‘yicha ilmiy-amaliy qo‘llanma yaratish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari mazkur bo‘linmada “Zargarlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va profilaktika inspektori bilan suhbatlashdi. Jamoat joylariga, birinchi navbatda, bolalar bog‘chalari va maktablarga kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi.

Поделиться