O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

V.Uspenskiy nomli RIMAL o‘quvchilari adabiy-badiiy tadbirda ishtirok etdi

2018-03-30 | Madaniyat

V.Uspenskiy nomli RIMAL o‘quvchilari O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” deb nomlangan adabiy badiiy tadbirda ishtirok etishdi.

Tadbirda ko‘plab olimlar, shoirlar, Xalq ustalari mehmon bo‘lib, ularni litseyning J. Karimov rahbarligidagi Xalq cholg‘ulari orkestri turli xil asarlar, musiqa sadolari ostida kutib olishdi. Tadbirni shoirning qalamiga mansub O‘zbekiston Davlat madhiyasi bilan S.Abdumalikova rahbarligidagi xor jamoasi ochib berdi. Atoqli shoirlarimiz Sirojiddin Sayyid, Usmon Azim, Anvar Obidjon va boshqalar Abdulla Oripovning yorqin xotiralarini birma bir yodga olishdi she’rlaridan parchalar keltirishdi. Litseyning Z.Rahmatullayeva rahbarligidagi “Meros” ansambli kechaga yanada fayz kiritdi. Omar Yasmina ijrosidagi “Mustaxzod” qo‘shig‘i barcha mehmonlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Tadbirdagi faol ishtiroki uchun V.Uspenskiy nomli RIMAL O‘zbekiston madaniyat vazirligi tomonidan “Fahriy yorliq” bilan taqdirlandi.

Поделиться