O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Inha universitetida “Oracle akademiyasi” faoliyatini boshladi

2018-03-30 | Texnologiyalar

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Oracle akademiyasi” faoliyatini boshladi. Tadbirda universitet rahbariyati hamda “Oracle Academy” dasturining mintaqaviy rahbari Deni Guris ishtirok etdi.

“Oracle” kompaniyasining mazkur ta’lim tashabbusi maktab, kollej va universitet o‘qituvchilari, shuningdek mustaqil o‘rganuvchilar uchun axborot texnologiyalarini uzluksiz o‘rganish uchun zarur resurslarni, kompleks dasturlarni taqdim etadi. Har yili jahon miqyosida “Oracle Academy” kurslarida 120 mamlakatdan 3,5 million nafardan ziyod bitiruvchilar tamomlaydi.

Misol uchun, Java Fundamentals, Java Foundations, Java Programming, Database Foundations, Database Design and Programming With SQL, Programming with PL/SQL, APEX – Application Development Foundations kabi kurslar mutaxassislar uchun zamonaviy dasturlash tillari va tizimlarini o‘rganishlari uchun ayni muddao.

90-180 soatlik kurs qiziqarli va dolzarb ma’ruzalar, mustaqil o‘qish, amaliy mashg‘ulotlar, bilimlarni nazorat qilish, kurs loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish kabi qismlardan iborat va ular ishtirokchilarning raqobatbardoshlik darajasini oshiradi.

Kurslar akademik dasturga kiritilishi mumkin, ular aniq ilmiy maqsadlarni o‘z ichiga oladi va ko‘plab amaldagi xalqaro standartlarga va imtihonlarga javob beradi.

Xohlovchilar mazkur kursda onlayn shaklda bepul tahsil olishlari mumkin.

Tadbir davomida talabalar “Axborot xavfsizligi asoslari” haqidagi taqdimotini tingladilar. Ma’ruzadan talabalar axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplari, shuningdek, kompyuterni o‘rganish texnologiyalaridan foydalanish va ularga hujumlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga javob berish kabi yangi yo‘nalishlarni o‘rgandilar.

Поделиться