O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

300 nafar fuqaro ishli bo‘ldi

2018-03-30 | Jamiyat

“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar aholini sifatli qurilish materiallari bilan ta’minlashga alohida ahamiyat qaratmoqda. Tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish orqali import hajmini kamaytirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish ham doimiy e’tiborda.

Sohani rivojlantirish maqsadida xorijlik investorlar bilan hamkorlik qilish maqsadli rejalarga katta yo‘la ochadi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, xorijiy investorlarga xalqaro normalarda belgilangan barcha imtiyoz va qulayliklar yaratilgan. Ana shunday chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududida xorijlik investorlar bilan hamkorlikda yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotir. 

Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda Jizzax shahrida tashkil etilgan “Minguan Silu Industry” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona ulardan biri. Umumiy qiymati 110 million AQSH dollarilik ushbu loyiha yiliga 24 million kvadrat metr oyna ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonaning o‘tgan yil dekabrda ishga tushirilgan birinchi bosqichida 29 million dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, yiliga 4 million kvadrat metr turli bezakli oyna ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu 210 ish o‘rni yaratish imkonini berdi. 

Yaqinda yana bir korxona ish boshladi. Bu Forish tumanida “Mega Invest Industrial” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston –Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasidir. Yiliga 2500 tonna bazalt tolasidan zamonaviy qurilish materiali bo‘lgan armatura ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 61,1 million dollarni tashkil etadi. Loyihaning 36,4 million dollari bank krediti, 17,6 million dollari xorijiy investitsiya va 7,1 million dollar ekvivalenti korxona mablag‘i hisobiga to‘g‘ri keladi. 

E’tiborlisi, korxonaning birinchi bosqichi ishga tushirilishi bilan 100 ga yaqin fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi .

Поделиться