O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Soliq turlari

2018-03-30 | Jamiyat

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i

Soliq to’lovchilar

Soliq Kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilardir.

Jismoniy shaxslarga - O’zbekiston Respublikasining norezidentlariga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari

Jismoniy shaxslarning - O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga Soliq Kodeksining 182-moddasida nazarda tutilgan o’ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar bo’yicha soliq solinadi.

Soliq solish obyekti

Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyektidir:

O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;

O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, Soliq Kodeksining 58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq solish obyekti bo’lmaydi.

Soliq solinadigan baza

Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, Soliq Kodeksining
179 va 180-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.

Agar soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.

Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 2018 yil 1 yanvardan boshlab uchinchi va to‘rtinchi shkaladagi stavkalari 0,5 foizga pasaytirilib, 16,5 va 22,5 foiz qilib belgilandi hamda fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan majburiy badal summasi 1 foizdan 2 foizga oshirildi.

Shuningdek, 2018 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-454-son Qonuniga muvofiq 179-moddaning 19-bandi bilan berilgan imtiyoz bekor qilindi.

19) dividendlar tarzida olingan va dividend to‘lagan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar. Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyoz qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilganda (chiqib ketilganda) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanganda ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinishi kerak;

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i

Soliq to’lovchilar

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari yer solig’ini to’lovchilardir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to’lanadigan ijara haqi yer solig’iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig’ini to’lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish va soliqni to’lash tartibi tatbiq etiladi.

Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi.

(Soliq kodeksining 287-moddasi).

Soliq solish ob’ekti

Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish ob’ektidir:

1) dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

3) jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;

4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;

5) meros bo’yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o’tgan yer uchastkalari;

6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;

7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Ko’p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish ob’ekti bo’lmaydi, ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko’rsatilganlari bundan mustasno.

(Soliq kodeksining 288-moddasi).

Soliq solinadigan baza

Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq solinadigan bazadir.

Jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalarining maydonlari bo’yicha soliq solinadigan baza ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.

Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlarning maydonlari bo’yicha soliq solinadigan baza o’z xodimlariga yer uchastkalari bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.

(Soliq kodeksining 289-moddasi).

Soliq stavkalari

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’ѓrisida»gi PQ-3454-sonli qarori
bilan jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalari tasdiqlangan.

Soliq imtiyozlari

Yer solig’idan quyidagilar ozod qilinadilar:

1) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi SHuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar.

2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar.

3) I va II guruh nogironlari.

4) yolg’iz pensionerlar. Yolg’iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolg’iz pensionerlar deb tushuniladi.

5) boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o’n olti yoshga to’lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo’lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalardir.

6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolar.

7) shaxslar — ularga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yer uchastkalari bo’yicha — yer uchastkasi berilgan oydan keyingi oydan e’tiboran ikki yil muddatga.
-2018 yilning 1 aprelidan boshlab «Soliq va budjet siyosatining 2018 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlsri qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi 2017 yil 29 dekabrdagi O’RQ-454-sonli Qonunniga asosan mazkur imtiyoz bekor qilindi.

Mazkur imtiyozlar (bundan 5-bandda ko’rsatilgani mustasno) yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo’jaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organda ro’yxatdan o’tgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur imtiyozlar soliq to’lovchining tanlashi bo’yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.

(Soliq kodeksining 290-moddasi).

Soliq stavkasini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari

Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo’lgan, yashash uchun mo’ljallanmagan joylar egallagan   yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan yer solig’i yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lash uchun belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning 290-moddasida ko’rsatilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. (Soliq kodeksining 291-moddasi). 

Jismoniy shaxs yoki oilaviy korhona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) uchun  foydalangan taqdirda, er solig’I jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi.

Yakka tartibda uy-joy qurish va uylarni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda yer solig‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch baravar miqdorda to‘lanadi.

 

Soliqni hisoblab chiqarish tartibi

Yer solig’ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat soliq xizmati organlari yer solig’ini to’lovchilar bo’lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi.

Soliq kodeksning 290-moddasida ko’rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.

Yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan to’lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organi tomonidan jismoniy shaxslarga imzo qo’ydirilgan holda yoki to’lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.

Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o’zgarganda va imtiyozlarga bo’lgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur o’zgarishlardan keyin bir oy ichida yer solig’ini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq to’lovchiga yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan yangi yoki qo’shimcha to’lov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.

(Soliq kodeksining 293-moddasi).

Soliqni to’lash tartibi

Yer solig’i yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to’lanadi.

Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig’i jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan e’tiboran to’lanadi.

Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer solig’ini to’lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran to’xtatiladi (kamaytiriladi).

Yer solig’i bo’yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyoz huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanmaydi. Yer solig’i bo’yicha imtiyozlarga bo’lgan huquqlar bekor qilingan taqdirda, bu soliq mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran to’lana boshlaydi.

Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer solig’i yer uchastkasidan foydalanish faktidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadi.

Soliq davri uchun yer solig’i to’lash jismoniy shaxslar tomonidan hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.

(Soliq kodeksining 294-moddasi).

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

Soliq to’lovchilar

Mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo’lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchilaridir.

Agar ko’chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo’lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, o’sha shaxs soliq to’lovchidir.

 (Soliq kodeksining 272-moddasi).

Soliq solish ob’ekti

O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob’ektidir.

(Soliq kodeksining 273-moddasi).

Soliq solinadigan baza

Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining kadastr qiymati to’lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo’yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir.

2018 yilda jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash organlari tomonidan  belgilangan inventarizatsiya qiymati bo’lmaganda, soliќni undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 210,0 mln so’m miќdorida, boshqa shaharlar va qishloq joylarda esa 90,0 mln so’m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul ќilindi.

Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo’yicha to’lovchi bo’lgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir ob’ekt bo’yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.

(Soliq kodeksining 274-moddasi).

Soliq stavkalari

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvarga bo’lgan holatiga ko’ra kadastr qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

2018 yilda jismoniy shaxslarga tegishli uy-joy, kvartira, dala ћovli qurilmalari, boshќa imoratlar, honalar va inshootlar uchun olinadigan mol-mulk soliѓining umumiy stavkasi kadastr ќiymatiga nisbatan 0,2 foiz miqdorida belgilandi.

Shu bilan birga, respublika shaћarlarida joylashgan turar-joylar va kvartiralar uchun ularning umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo’lganda jami kadastr qiymatiga - 0,25 foiz, 500 kv.metrdan oshganda kadastr qiymatiga - 0,35 foiz miќdorida mol-mulk solig’i stavkalari belgilandi.

Boshqa aholi punktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan oshiq bo’lgan turar joy va kvartiralar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari mol-mulklarning kadastr qiymatiga  nisbatan 0,25 foiz miqdorida belgilandi.

Soliq imtiyozlari

Quyidagilarning mulkida bo’lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi:

1) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.

2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning.

3) o’n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning (soliќ solinmaydigan maydon o’lchami 60 kv.metr doirasida);

4) pensionerlarning (soliќ solinmaydigan maydon o’lchami 60 kv.metr doirasida);

5) I va II guruh nogironlarining (soliќ solinmaydigan maydon o’lchami 60 kv.metr doirasida);

6) sobiq SSSRni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog’ida yaralanganligi, kontuziya bo’lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining).

Ushbu imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk ob’ektiga taalluqli bo’ladi.

Mazkur imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish ob’ektlariga nisbatan qo’llanilmaydi.

(Soliq kodeksining 275-moddasi).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil Dasturi to’g’risida»gi PQ-1902-sonli qaroriga muvofiq, 2013 yil
1 yanvardan jismoniy shaxslar, qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi Dasturi doirasida, ipoteka kreditini to’lab bo’lmagunga qadar, harid qilingan uy-joylar bo’yicha mulk solig’ini to’lashdan ozod qilinadilar.

Soliq stavkasini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari

Soliq solish ob’ektlari jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo’lgan yashash uchun mo’ljallanmagan joylar bo’yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi.

Jismoniy shaxs yoki oilaviy korhona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) uchun  foydalangan taqdirda, mol-mulk solig’I jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi.

(Soliq kodeksining 276-moddasi).

Soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to’lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish ob’ekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.

Soliq Kodeksning 275-moddasida ko’rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvarga bo’lgan holatiga ko’ra kadastr qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida bo’lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to’lanadi.

Mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi kalendarь yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o’tgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini yo’qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanadi.

Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo’yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ular barpo etilgan yildan keyingi yil boshidan e’tiboran to’lanadi.

Meros bo’yicha o’tgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq merosxo’rlarda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanadi.

Soliq solish ob’ekti yo’q qilingan, vayron bo’lgan, buzib tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish mol-mulk yo’q qilingan, vayron bo’lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran to’xtatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo’q qilinganlik, vayron bo’lganlik, buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda, amalga oshiriladi.

Kalendarь yil mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelgan (amal qilishi tugagan) taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (amal qilishi tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lash to’g’risidagi to’lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to’lovchilarga imzo qo’ydirilgan holda yoki to’lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri uchun to’lash hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.

(Soliq kodeksining 277-moddasi).

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

 Soliq to’lovchilar

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilar O’zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardir:

- tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;

- yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari.

(Soliq kodeksining 257-moddasi).

 Soliq solish ob’ekti

Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq solish ob’ektidir.

Suv resurslarining yer usti manbalariga quyidagilar kiradi:

daryolar, ko’llar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari.

Suv resurslarining yer osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi.

(Soliq kodeksining 258-moddasi).

Soliq solinadigan baza

Foydalanilgan suvning hajmi soliq solinadigan bazadir.

(Soliq kodeksining 259-moddasi).

Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv o’lchagich asboblarining ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi.

Suvdan o’lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv ob’ektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug’orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to’g’riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Soliq to’lovchi issiq suv hamda bug’ hosil qilinishi bo’yicha soliq solinadigan bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o’zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.

Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari uchun soliq solinadigan baza soliq davrida bir gektar sug’oriladigan yerlarni sug’orish uchun sarflanadigan suvning butun xo’jalik bo’yicha o’rtacha hajmidan kelib chiqqan holda davlat soliq xizmati organlari tomonidan aniqlanadi. (Soliq kodeksining 260-moddasi).

 Soliq stavkalari:

2018 yilga

 

To’lovchilar

 

1 kub. metr uchun stavka (so’m)

er usti suv

resurslari

manbalari

er usti suv

resurslari

manbalari

1

 

Barcha iќtisodiyot tarmoќlari korxonalari (2-4 bandlarda ko’rsatilganlaridan tashќari) deћќon ћo’jaliklari  (yuridik va jismoniy shaxslar) ћamda tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi jismoniy shaxslar  

 

 

 98,2

 

 

 124,8

 

 

Soliqni hisoblab chiqish tartibi

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yiliga bir marta - soliq davridan keyingi yilning 25 yanvarigacha taqdim etiladi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash to’g’risidagi to’lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobot davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi.

(Soliq kodeksining 263-moddasi).

 

 Soliq to’lash tartibi

Soliq davri mobaynida soliq to’lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha joriy to’lovlarni to’laydilar.

Joriy to’lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar joriy soliq davrining 25 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa - davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga mo’ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) va suv resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar.

Hisoblab chiqarilgan joriy to’lovlar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining to’rtdan bir qismi miqdorida to’lanadi.

Soliq davri mobaynida mo’ljallanayotgan soliq solinadigan baza o’zgargan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to’g’risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy to’lovlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning o’zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.

Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash joriy to’lovlar hisobga olingan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha joriy to’lovlar summasi hisob-kitobga ko’ra byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to’lovlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.

Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha amalga oshiriladi.

(Soliq kodeksining 264-moddasi).

Поделиться