O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qat’iy belgilangan soliq va sug‘urta badallari, stavkalari

2018-03-30 | Jamiyat

 Qat’iy belgilangan soliq

Qat’iy belgilangan soliq yakka tartibdagi tadbirkorlarga ikki xil tartibda hisoblanadi.

Birinchisi, yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat turi va faoliyatni amalga oshirish joyi uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqib, eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda har oy uchun hisoblanadi.

Ikkinchisi, faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga mazkur faoliyat turini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq hisoblanadi. Masalan, bolalar o‘yin avtomatlari faoliyati bo‘yicha har bir jihozlangan o‘rinlar soniga faoliyatni amalga oshirish joyi uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqib, eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda har oy uchun hisoblanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullangan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohida-alohida hisoblanadi.

Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka bo‘yicha to‘lanadi.

Masalan, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini Toshkent shahrida amalga oshirgan taqdirda, Toshkent shahriga belgilangan eng kam ish haqining 7 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha qat’iy soliq to‘laydi. Agar ushbu tadbirkor Zangiota tumanida faoliyatini amalga oshirsa, eng kam ish haqining 2,5 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha soliq to‘laydi.

Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik sub’ekti qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘laydi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki uch va undan ko‘p oyga to‘xtatilgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi.

Qat’iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 10-kunidan kechiktirmay har oyda, soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.

Sug‘urta badali

Sug‘urta badallari soliq to‘lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, majburiy tartibda quyidagicha to‘lanadi:

1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda;

2) yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) - oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;

3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oilа a’zolari tomonidan:

yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan - oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda;

oilaning boshqa a’zolari tomonidan (o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) - oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida.

Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik sub`ektlari – “Hunarmand” uyushmasining a`zolari sug‘urta badalini to‘lashdan ozod etiladi, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslar uchun sug‘urta badalining miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki bekor bo‘lgan taqdirda, sug‘urta badallarini qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan yoki bekor bo‘lgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari sug‘urta badallarini har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning
25-kunidan kechiktirmay to‘laydilar.

Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan sug‘urta badallarini to‘lash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.

Sug’urta badallarini to‘lash majburiyati quyidagilarning:

yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oilа a’zolari uchun - oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosining;

yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari uchun - ushbu xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzgan yakka tartibdagi tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi.

To‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va to‘lov to‘lanayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Bunda oila a’zolari - oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila a’zosi uchun va yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar to‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xo‘jaliklari a‘zolari uchun - yil) uchun to‘langan deb hisoblanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari

T/R

Faoliyat turi

Qat’iy belgilangan soliqning

bir oydagi stavkasi (eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda)

Toshkent shahri

Nukus sh. va viloyat

markazidagi

shaharlar

boshqa

shaharlar

Boshqa

aholi

punktlari

1

Chakana savdo:

oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan

7,0

5,0

3,0

2,5

dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan*

3,5

2,5

2,0

1,5

gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan

3,5

2,0

1,5

0,5

2

Maishiy xizmatlar

2,5

1,5

1,0

0,5

3

O‘z mahsulotini ishlab chiqarish va sotish, shu jumladan milliy shirinliklar va non-bulka mahsulotlarini tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda o‘tirish joylari tashkil qilmasdan donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish

2,0

1,5

1,0

0,5

4

Boshqa faoliyat turlari

2,0

1,5

1,0

0,5

5

Avtomobil transportida yuk tashishga oid xizmatlar:

 

3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

1,5

 

8 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

2,0

 

12 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

3,0

 

12 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

3,5

 

*) Uy xo‘jaligi, shu jumladan, dehqon xo‘jaligida parvarishlangan tirik hayvonlarni (chorva mollari, parrandalar, mo‘ynali va boshqa hayvonlar, baliqlar va boshqalar) hamda ularni so‘yib, xom yoki qayta ishlangan ko‘rinishdagi mahsulotlarni, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan ko‘rinishda (manzarali bog‘dorchilik (gulchilik) mahsulotlaridan tashqari) sotish bundan mustasno.

Soliq solishdan ozod etish soliq to‘lovchi tomonidan davlat hokimiyatining joylardagi tegishli organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkati boshqaruvi tomonidan berilgan, sotilgan mahsulot soliq to‘lovchi tomonidan unga yoxud uning oila a’zolariga ajratilgan er uchastkasida etishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etish sharti bilan amalga oshiriladi.

Izohlar:

1. Qat’iy belgilangan soliq stavkalari yil boshiga - 2018 yil 1 yanvariga belgilangan eng kam ish haqidan (172 240 so‘m) kelib chiqib aniqlanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqilmaydi.

 

2. Jismoniy shaxs:

a) bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullansa, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida soliq to‘laydi;

b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumotnoma (axborot) taqdim etishi kerak;

v) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, soliqni ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng yuqori stavka bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha to‘laydi;

g) faoliyat ko`rsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qat`iy nazar I va II guruh nogironligi bo`lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat`iy belgilangan soliq bir oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida to`lanadi.

3. Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat turlari amalga oshirilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda yillik hajmda tegishli faoliyat turi bo‘yicha bir yo‘la qat’iy belgilangan soliqni undiradilar, bundan jismoniy shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatayotganligi dalili aniqlangan sanadan boshlab o‘ttiz kun mobaynida uning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi aniqlangan holatlar mustasno. Bunday jismoniy shaxsga hisoblab yozilgan yillik qat’iy belgilangan soliq summasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda ushbu davr uchun qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha kelgusidagi soliq majburiyatlari hisobiga o‘n ikki oy mobaynida to‘lash huquqi taqdim etiladi.

4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qaroriga 8-ilovada ko‘rsatilgan soliq solish shkalasining eng kam stavkasi bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi. 

Поделиться