O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Qaddimizdan qadrimiz baland ...”

2018-03-30 | Jamiyat

“Qaddimizdan qadrimiz baland” deyishmoqda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Bekobod qishlog‘i Bo‘ston mahallasida foydalanishga topshirilgan yangi uy-joylar sohiblari.

Prezidentimizning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida barpo etilgan uylarni topshirish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, keng jamoatchilik ishtirok etdi. 

Qishloqlarda aholining turmush madaniyati va farovonligini oshirish, kam ta’minlangan oilalar va nogironlarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Bunday g‘amxo‘rlik va mehr-muruvvat ko‘nglimizni tog‘dek ko‘taradi, – deydi yangi uylardan birining sohibasiga aylangan o‘n yetti yoshli II guruh nogironi Zahroxon Ahmadjonova. – Imkoniyati cheklangan bizday insonlarga ham hayotda o‘rni borligini his qilish imkonini yaratib berayotgan davlatimizdan minnatdormiz. Endi men o‘z uyimga egaman, bundan tashqari, menga tikuv mashinasi ham sovg‘a qilishdi. Qo‘limdan kelgancha ishlab, jamiyatga naf keltirishga harakat qilaman.
 
– Qaddimizdan qadrimiz baland bo‘layotganiga behad shukronalar aytamiz, – deydi tandirchi hunarmand Mirzamurod Otamirzayev. – Olti farzandim bor, shuning uchun uy-joyga muhtoj edim. Murojaatim e’tiborga olinib, imtiyozli kredit asosida oilamizga uy berildi. Bu biz uchun juda qulay bo‘ldi, axir kreditni o‘n besh yil davomida to‘lash qiyinchilik tug‘dirmaydi.
 
Shu kuni o‘n nafar kam ta’minlangan oila va nogironligi bor yurtdoshlarimiz ikki sotixli, uch xonali hovliga ko‘chib kirdi. Hamjihatlikda o‘tkazilgan uy to‘yida doshqozonda sumalak, ikkinchisida osh damlanib, elga dasturxon yozildi. 

Uy to‘ylari badiiy havaskorlik, folklor jamoalarining kuy-qo‘shiq va raqslari, dorbozlarning qiziqarli tomoshalariga ulanib ketdi. 

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.

 

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA

Поделиться