O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
OAV: Zarba beruvchi vertolyotlar O‘zbekistonga keltiriladi
2018-03-30 | Jamiyat
Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Rossiya Federal xizmati direktori o‘rinbosari Vladimir Drojkovning ma’lum qilishicha Yerevanda tashkil etilgan “ArmHiTech-2018” qurol-yarog‘ ko‘rgazma doirasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida shartnoma imzolangan.
Mazkur shartnomaga muvofiq Rossiya O‘zbekistonga o‘ndan ziyod “Mi-35” vertolyotlarini yetkazib beradi.
“ Shartnoma imzolandi. Endilikda O‘zbekistonga “Mi-35” vertolyotlarini yetkazib beramiz. Mazkur mamlakat bilan harbiy-texnik hamkorligimiz izchil rivojlanmoqda”, degan V.Drojkov ko‘rgazmada jurnalistlarga.
Xabarda 2016-yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolangani, unga muvofiq Rossiya ichki narxlarda mamlakatimizga qurol-yarog‘ yetkazib berishi eslatilgan.
Ma’lumot uchun: “ Mi-35” vertolyoti zarba beruvchi harbiy-texnika hisoblanadi. Uning uchish tezligi soatiga 300/km.gacha yetishi mumkin.