O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xodimlarni yollagan holda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatni amalga oshirish

2018-03-30 | Jamiyat

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 iyuldagi 219-sonli qarori bilan "Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibи to`g`risida"gi Nizomga asosan xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat turlari ro`yxatida nazarda tutilgan faoliyatning amalga oshiriladigan turiga bog`liq holda quyida keltirilgan jadvalga muvofiq bir nafardan uch nafargachа miqdorda amalga oshirishga haqlidir. Bir necha faoliyat turlari bilan shug`ullanadigan xususiy tadbirkor, faoliyatning turlari sonidan qat`i nazar, uch nafardan ko`p bo`lmagan xodimlarni yollash huquqiga ega.

 

Xodimlarni yollagan holda xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlarining

RO`YXATI

 

T/r

Faoliyat turining nomi

Yollanadigan

xodimlarning

cheklangan soni

(nafar)

1.

CHakana savdo

(Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat turlari ro`yxatining 1 - 5-bandlari)

 

1

2.

Qonunchilikda belgilangan ro`yxat bo`yicha hunarmandchilik faoliyatи

 

3

3.

Maishiy xizmatlar, qonunchilikda belgilangan ro`yxat bo`yicha hunarmandchilik faoliyatidan tashqarи

(Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat turlari ro`yxatining 6 - 35-1-bandlari)

 

3

4.

Faoliyatning boshqa turlari*

(Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat turlari ro`yxatining 36 - 41, 43-48, 51 - 59, 62, 64 - 66, 68 – 74, 76-80-bandlari)

2

 

 

*) Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat turlari ro`yxatining 42 (Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, ta`mirlash va ulardan foydalanish), 50 (Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish), 60 (Veterinariya faoliyati), 61 (Yuklarni avtomobil' transportida tashish), 63 (O`simlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xom ashyoni etishtirish, yig`ishtirish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish), 67 (Rieltorlik faoliyati), 75-bandlarida (Эkskursiya xizmatlari ko`rsatish bo`yicha turizm faoliyati)ko`rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshiradigan xususiy tadbirkor faoliyatining asosiy turi bo`yicha yordamchi ishlarni bajarish uchun bir nafar xodimni yollashi mumkin.

 

Yakka tartibdagi tadbirkor zimmasiga uning har bir xodimi uchun yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat bo`yicha nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi miqdorida qat`iy belgilangan soliq to`lash majburiyati yuklatiladi.

Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatning bir nechta turini amalga oshirgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat`iy belgilangan soliq faoliyatning tegishli turlari uchun o`rnatilgan qat`iy belgilangan soliqning eng yuqori stavkasining 30 foizi miqdorida to`lanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat`iy belgilangan soliq qat`iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to`lash uchun belgilangan muddatlarda, mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan boshlab to`lanadi.

 

Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish

SXEMASI

 

Bosqichlar

 

Sub’ektlar

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

 

1-bosqich

 

Ariza beruvchi

 

       

1. So`rovnoma Internet jahon axborot tarmog`i orqali rasmiylashtirilganda:

so`rovnomani tegishli ma`lumotlar ko`rsatilgan holda elektron shaklda rasmiylashtirish;

davlat bojini to`lash.

 

 

Ariza beruvchining xohishiga ko`ra

 

 

 

 

 

2. Ro`yxatdan o`tkazuvchi organga o`zi kelib murojaat qilinganda:

davlat bojini to`lash;

tegishli qog`oz hujjatlarning asl nusxalarini bir nusxada taqdim etish;

ro`yxatdan o`tkazuvchi organning xodimi bilan birgalikda arizani to`ldirish.

        

(real vaqt rejimida)

 

2-bosqich

 

Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish va hisobga qo`yishning avtomatlashtirilgan tizimi

 

      

1. Ma`lumotlarni tekshirish, tadbirkorlik sub`ektining noyob identifikatorini berish.

 

2. Ma`lumotlarni Tadbirkorlik sub`ektlari yagona davlat reestriga kiritish.

 

3. Ariza beruvchini tadbirkorlik sub`ekti davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risida xabardor qilish.

             

 

real vaqt rejimida (ariza topshirilgan paytdan boshlab 30 minutdan oshmagan vaqtda)

 

 

 

 

 

Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi

Tadbirkorlik sub’ekti - jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazgan organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasi. Xulosa davlat soliq xizmati organi tomonidan tadbirkorlik sub’ekti - jismoniy shaxs murojaat qilgandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlar mavjud bo‘lganda esa - ular to‘langandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay beriladi;

- muhr va shtamplar, agar ular mavjud bo‘lsa;

- barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari, agar ular mavjud bo‘lsa;

- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

- banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risidagi xat yoki, agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi.

Поделиться