O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yangi tashkil etiladigan o‘simliklar klinikasiga qanday imtiyozlar beriladi?
2018-03-30 | Jamiyat
Prezidentimizning joriy yil 28-mart kuni qabul qilingan «O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘simliklarning agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlovini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kamida 2 tadan o‘simliklar klinikasi tashkil etilishi belgilandi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar birgalikda bir oy muddatda o‘simliklar klinikasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha barcha zarur tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ishtirok etadi.
- O‘simliklar klinikasi 2018-yilning 1 iyulidan 2022-yilning 1-yanvariga qadar yer solig‘i, yuridik shaxslarning daromad va mol-mulk solig‘idan hamda yagona soliq to‘lovlarini to‘lashdan;
- 2020-yilning 1-yanvariga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga ko‘ra o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish hamda mamlakatda karantin holatni yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoki yetarli hajmda ishlab chiqarilmaydigan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, uskunalar, asbob va priborlar, mashina va mexanizmlar, komputer va diagnostika texnikasi bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinadi.