O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boshqarmalar soni ko‘payadi

2018-03-30 | Jamiyat

Karantindagi zararli organizmlarning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, o‘simlik va meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlatimiz rahbarining joriy yil 28 martda «O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra endilikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tuzilmasida Xalqaro aloqalar, investitsiyalar va innovatsion rivojlanish, O‘simliklar karantini xizmati bo‘yicha fitosanitar xavfni prognozlashtirish va tahlil qilish, Ichki va tashqi o‘simliklar karantini bo‘limi negizida Ichki va tashqi o‘simliklar karantini, O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha yig‘ma axborot-tahlil boshqarmalari tashkil etiladi. 

Shuningdek, qarorda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limini tashkil etish ham belgilandi.

Поделиться