O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ishonchni oqlaganimdan faxrlanaman

2018-03-30 | Jamiyat

Qarshi shahridagi Abdulla Oripov haykali o‘rnatilgan xiyobonda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining Qashqadaryo viloyatidagi harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmat burchini o‘tab, Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan askarlarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda muddatli harbiy xizmat davomida faolligi va namunali xulqi bilan ajralib turgan bir guruh oddiy askarlar taqdirlandi. Jumladan, yuqori jismoniy salohiyat ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarga Davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan yo‘llangan minnatdorlik xatlari taqdim qilindi. Shuningdek, bir guruh yigitlarga harbiy xizmat davomida namoyish etgan mardligi, jasorati, intizomi uchun "Chegara qo‘shinlari a’lochisi" ko‘krak nishoni topshirildi. Harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan jangovar va ma’naviy tayyorgarligi, bilimi yuqori baholangan askarlarga tavsiyanomalar taqdim etildi.

– Muddatli harbiy xizmat davomida qat’iyatli, irodali bo‘lishni, vaqtning qadriga yetishni o‘rgandim, yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usi nima ekanini chuqur angladim. Siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa bilimlarim oshdi, – deydi farg‘onalik oddiy askar Jamolxon Jo‘rayev. – Ko‘plab do‘stlar orttirdim. “Chegara qo‘shinlari a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Bundan tashqari, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, tavsiyanomaga ega bo‘ldim. Menga bildirilgan ishonchni oqlaganimdan faxrlanaman.
 
Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali poyiga gullar qo‘yildi. A.Oripov nomidagi maktabda tashkil etilgan shoir hayoti va ijodi aks ettirilgan muzeyga sayohat uyushtirildi. 

 

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA

Поделиться