O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Istiqbolli loyihalar–amalda

2018-03-29 | Jamiyat

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, davlatimiz rahbarining 2017 yil 23 avgustdagi “2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida soha taraqqiyoti yo‘lida maxsus dastur qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43 investitsiya loyihasi amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Xususan, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ammiak va karbamid, azot kislotasi, polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish bo‘yicha uchta yirik investitsion loyiha tuzilib, aniq dasturlar asosida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 

Ma’lumki, mazkur zavod 1964 yilda faoliyat boshlagan. Vaqt o‘tishi bilan texnologik uskuna va qurilmalar ham jismonan, ham ma’nan eskirdi. Ayni kunda ular ko‘p miqdordagi elektr energiyasi va boshqa tabiiy resurslarni sarf qilish evaziga mahsulot ishlab chiqarmoqda. Ya’ni foydali ish koeffitsiyenti bugungi davrga mos kelmay qoldi. Ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha yangi, umumiy qiymati 897 million dollar bo‘lgan loyiha nihoyasiga yetgach, bu yerda yiliga 660 ming tonna ammiak, 577,5 ming tonna karbamid olish, ulardan tayyorlanadigan mineral o‘g‘itlar turini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Buning uchun sarf etiladigan tabiiy ne’matlar ham tejaladi. Yaponiyalik hamkorlar (“Mitsubishi Heavy Industries, Ltd”, “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari) bilan barpo etilayotgan majmuani 2020 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 

– PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 500 million dollarni tashkil etadi, – deydi korxona ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Alisher Mirzayev. – Bu yerda 903 yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 71,8 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol tayyorlanadi. Xitoyning “China CAMC Engineering CO., Ltd” kompaniyasi hamda mutaxassislarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari joriy yil oxirigacha yakunlanadi. 

Keyingi yil mart oyida esa yana bir loyiha – azot kislotasi majmuasi qurilishini nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan. Texnik iqtisodiy asoslarga muvofiq, umumiy qiymati 216,6 million dollarga teng ushbu ishlab chiqarish majmuasi Shveytsariyaning “CASALE SA” kompaniyasi tomonidan bunyod etilmoqda. Bu yerda yiliga 500 ming tonna xomashyo tayyorlash mumkin bo‘ladi. 122 yangi ish o‘rni yaratiladi. 

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadigan mazkur majmualar kimyogarlarga mahsulot hajmini oshirish, tannarxini arzonlashtirish imkonini beradi. Xalqaro maydonda xalq xo‘jaligining turli sohalarida kimyoviy reagentlarga ehtiyoj oshayotgani bois, ushbu loyihalar yurtimiz sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega.

 

N.Rahimov, O‘zA

Поделиться