O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Fuqaro Mudofaasi Xalqaro Tashkilotining 23-Assambleyasida ishtirok etmoqda
2018-03-29 | Jamiyat
2018 yilning 27-28 mart kunlari vazir o‘rinbosari S.Qudratov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Doxa shahrida bo‘lib o‘tayotgan Fuqaro Mudofaasi Xalqaro Tashkilotining 23-Assambleyasida ishtirok etmoqda.
Tadbirda Fuqaro Mudofaasi Xalqaro Tashkilot faoliyatining 2016-2017 yil sarhisobi, 2019-2020 yillar uchun ish dasturini tasdiqlash, shuningdek, iqtisodiy-tashkiliy hamda ijro kengashining yangi a’zolarini tayinlash kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, unda 45 ta mamlakat delegatsiya FMXT ishtirokchilari, kuzatuvchi-mamlakat, kuzatuvchi va boshqa bog‘liq tashkilotlar, shu bilan birga Qatardagi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqdalar.
Shu o‘rinda O‘zbekiston 2014 yildan buyon FMXT faoliyati kuzatuvchisi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fuqaro Mudofaasi Xalqaro Tashkiloti o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik rejasi” imzolanganligini eslab o‘tish o‘rinlidir.