O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qashqadaryoda «O‘zbekiston bahori» ijodiy festivali o‘tkaziladi

2018-03-29 | Madaniyat

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Respublika yosh ijodkorlar kengashi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ijodiy festival bo‘lib o‘tadi.

Unda yoshlar she’riyat, nasr, dramaturgiya, publitsistika, badiiy tarjima va tasviriy san’at yo‘nalishlarida ishtirok etishi mumkin. Uning yakuniga ko‘ra, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, faol ijodkorlar yil yakunida bo‘lib o‘tadigan “Toshkent ilhomlari” hisobot festivalida ishtirok etish uchun “oltin chiptalar” (Golden tickets)ga ham ega bo‘ladi. 

Ariza va ijodiy ishlar Yoshlar ittifoqining hududiy kengashlarida 1 aprelga qadar qabul qilinadi. 

Aprel oyining birinchi o‘n kunligida ko‘rib chiqilgan ariza va murojaatlardan so‘ng festival boshlanadi. Undagi ijodiy ishlar kitob shaklida chop etilishi rejalashtirilmoqda.

Поделиться