O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazirliklararo Hamkorlik dasturi imzolandi
2018-03-29 | Siyosat
2018-yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi.
Vazirlar 27-mart kuni nihoyasiga yetgan Toshkent forumi natijalari yuzasidan fikr almashdilar.
Qirg‘iziston TIV rahbari ta’kidlaganidek, konferensiyaning muvaffaqiyatli yakunlanishi Afg‘oniston mojarosining tezda hal etilishi uchun konstruktiv asos yaratdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra Abdulaziz Kamilov va Erlan Abdildayev tomonidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.