O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bahorga maftun musavvir

2018-03-29 | Madaniyat

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi “Grafika” shu’basining raisi, taniqli rassom Radik Azizov ijodiga bag‘ishlangan shaxsiy ko‘rgazma ochildi. 

Radik Azizov ijodi tasviriy san’at muxlislariga yaxshi tanish. Musavvirning asarlari shu paytgacha 100 ga yaqin xalqaro ko‘rgazma va tanlovlarda namoyish etilgan. Muxlislarga xushkayfiyat ulashish istagini uning har bir kartinasida ilg‘ash mumkin. Mo‘yqalam sohibi har yili 1 aprel – Xalqaro kulgi kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarning faol tashkilotchisi. Radik Azizov “Dunyoning eng yaxshi 100 nafar karikaturachisi” ro‘yxatidan joy olgan, eng yaxshi asarlari “Katta karikatura ensiklopediyasi”ga kiritilgan. 

Musavvir ishlarida ranglar jilosi o‘zgacha tus oladi. Sariq rangning yorqinligi, ko‘k va qizil ranglarning uyg‘unlashuvi tomoshabinga yengil, zavqli kayfiyat ulashadi. Biroz yumor va falsafiy ruh uning kartinalariga o‘zgacha joziba bag‘ishlaydi. 

Rassom ijodida mukammal professionalizmni bir qarashdayoq ilg‘ash mumkin. Bahorga, go‘zallikka oshnoligi bois uning shaxsiy ko‘rgazmalari aynan Navro‘zni yetaklab keladigan shu faslda bo‘lib o‘tadi. Uning “Bahor vernisaji”, “Kulgu kaleydoskopi”, “Go‘zallikka oshufta ko‘ngil” nomli shaxsiy ko‘rgazmalari shular jumlasidan. 

Ko‘rgazmada mo‘yqalam sohibining 100 dan ortiq asari namoyish etilmoqda. Rassomning 2018 yilda ishlagan yangi asarlari san’at shaydolari qalbiga bahoriy iliqlik olib kirishi shubhasiz. 

Ko‘rgazma 13-aprelga qadar davom etadi. 

 

Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться