O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazmda yiliga qancha suv isrof bo‘lmoqda?

2018-03-29 | Jamiyat

Tarixdan ma’lumki, suv masalasiga zardushtiylar ta’limotida ham alohida e’tibor qaratilgan. Qariyb 3 ming yil muqaddam yozilgan "Avesto" kitobida suv, havo, yer, quyoshni ifloslantirmaslik, muhofaza qilish, umuman, tabiatni asrashga katta ahamiyat berilgan. 

"Avesto" vatani bo‘lmish Xorazm vohasida azaldan suv nihoyatda qadrlangan. Negaki, hududda ekin ekiladigan yerlarga suv yetkazib, dehqonchilik qilish katta mashaqqat talab etadi. Xorazm viloyati ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda suv resurslaridan foydalanishda ekinlarni sug‘orish uchun 4 milliard 600 million metr kub suv sarflanadi. Ammo, ekin maydonlariga sarflangan suvning 57 foizigina yetib boradi, xolos. 43 foiz suv ayrim mutasaddi rahbarlarning e’tiborsizligi, shuningdek, aholining suvdan noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanishi natijasida yo‘l-yo‘lakay isrof bo‘ladi. 

Bugungi kunda viloyatda sifatli ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hududda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan 165 suv tarqatish inshooti mavjud bo‘lib, ular 5 ming kilometr uzunlikdagi suv quvurlariga ulangan. Mazkur sohada 900 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Har yili aholi suv ta’minoti uchun 20 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi. Biroq shuncha mehnat va mablag‘ evaziga ishlab chiqarilgan toza ichimlik suvining 35-40 foizi aholiga yetib bormaydi. 

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, ayni paytda viloyat aholisining 52,1 foizi toza ichimlik suv bilan ta’minlangan, 47,9 foiz aholi hamon ichimlik suvi tarmoqlariga ulanmagan. 

Suv ona zaminimiz bizga tuhfa etgan ne’matlar orasida eng qadrlisidir. Ammo, shunday odamlar borki, ushbu bebaho ne’matni bepisandlik bilan ishlatadi. Xonadonida ishlatayotgan suvning ko‘p qismini isrof qiladi. Ekin uchun ajratilgan suvdan boshqa maqsadlarda foydalanadi. Toza suvni loqaydlarcha ifloslantiradi. Vaholanki, Yer yuzida biror jonzot yoki o‘simlik yo‘qki, suvsiz yashay olsa. Binobarin, suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, uni toza holicha saqlash har birimizning burchimizdir. 

Mavzuga yana qaytamiz! Saytimizni kuzatib boring. 

 

Ahmadjon Shokirov, O‘zA

Поделиться