O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Farg‘ona viloyatida 2018 yil hosili uchun g‘alla yetishtirish ishlari qanday kechmoqda?
2018-03-28 | Iqtisodiyot
Don – rizq-ro‘zimiz. Uni yetishtirish, aholini bu sohadagi ehtiyojini qondirish mutasaddi rahbarlaru fermer va dehqonlarimizdan katta mas’uliyat hamda o‘ziga xos mashaqqatli mehnat talab etadi.
Farg‘ona viloyati shahar va tumanlarida 2018 yil hosili uchun ekilgan g‘alla maydonlari 109 200 gektarni tashkil etadi. Bugungi kunga kelib, viloyatda 4 ta sektor rahbarlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha “G‘alla parvarishida favqulodda holat” davrida kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlashga doir chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, belgilangan reja asosida ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, g‘alla maydonlarini sharbat bilan sug‘orish maqsadida 17 ta shahar va tumanlar shtablari va 110 tamahalliy o‘g‘it chiqarish otryadlari tomonidan ishlar olib borilmoqda.
Otryadlar tomonidan har gektar g‘alla maydoniga 5 tonnadan jami 456 ming tonna mahalliy o‘g‘it jamg‘arish va dalaga chiqarish grafik-rejasini fermer xo‘jaliklari kesimida ishlab chiqildi.
Shuningdek, maxsus guruhlar xonadonma-xonadon yurib, fuqarolarga tozalik-gigiena, har xil kasalliklarni oldini olish maqsadida “Tozalik-tuman boylik, mahalliy o‘g‘it – mo‘l hosildorlik” shiorlari ostida aholi punktlari va mahallalarda keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.
Hozirda viloyatda g‘allani 2-oziqlantirish ishlari to‘liq yakunlandi. Shuningdek, 3-oziqlantirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. 92 ta otryadlar tarkibida 225 dona o‘g‘itlagichlar (NRU), 750 dona o‘g‘it tashish texnikalarini shay holatga keltirilgan.
Ishchi guruh a’zolari, mutaxassislar tomonidan shtablarda kunlik amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, yuzaga kelgan muammolar joyida bartaraf etib borilmoqda.