O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bank tizimi, o‘rmon xo‘jaligiga oid masalalar senatorlar e’tiborida

2018-03-28 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi oldidan Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. 

Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqidagi masala ko‘rib chiqildi. 

Qayd etilganidek, bank tizimining kapitallashuv darajasini oshirish, uning likvidligi va barqarorligini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot yilida tijorat banklarining umumiy kapitali 2,3 baravar oshgan va 20,7 trillion so‘mni tashkil etgan. Tijorat banklarining jalb qilingan depozitlari 58,7 trillion so‘mni tashkil etgan. Banklar aktivlarining umumiy hajmi 23,3 foizga oshgan va 2018 yil 1 yanvar holatiga 80,4 trillion so‘mni tashkil etgan. 

Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi yig‘ilishida asosiy e’tibor yangi tahrirdagi «O‘rmon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni haqidagi masalaga qaratildi. 

Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz yer maydonining to‘rtdan bir qismi o‘rmon fondi yerlaridir. 90-yillar boshida davlat o‘rmon fondi yerlari hajmi respublika umumiy yer maydonining bor-yo‘g‘i besh foizini tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 25,2 foizni tashkil etmoqda. O‘rmon fondining 300 dan ortiq o‘simlik va 180 dan ortiq hayvon turlari «Qizil kitob»ga kiritilgan. 

Qonun bilan O‘rmon xo‘jaligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitalarining o‘rmon xo‘jaligi sahasidagi vakolatlari belgilanmoqda. 

Qo‘mitalar yig‘ilishlarida yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. 

 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться